Bugun 30 iyul, 2026 yil, payshanba

КИР

Isroil muxolifati Netanyaxuni mamlakat xavfsizligiga tahdid solayotganlikda aybladi

Isroil muxolifati Netanyaxuni mamlakat xavfsizligiga tahdid solayotganlikda aybladi

Isroil muxolifati yetakchisi Yair Golan mamlakat harbiylari Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning bosib olingan G‘arbiy Sohilda yuritayotgan «o‘ylamasdan olib borilayotgan» siyosati oqibatlarini o‘z zimmasiga olayotganini ta’kidladi.

«Demokratlar» partiyasi raisi Yair Golanning so‘zlariga ko‘ra, ultraortodoks yahudiylarni harbiy xizmatdan ozod qilish va u «yahudiy terrorizmi» deb atagan yahudiy ko‘chmanchilarining xatti-harakatlari Isroil armiyasiga qo‘shimcha yuk yuklamoqda.

Uning ta’kidlashicha, Binyamin Netanyaxu hukumati, moliya vaziri Besalel Smotrich va milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir harbiylarni bosib olingan G‘arbiy Sohilda yetarli darajada qo‘llab-quvvatlamayapti.

Golan, shuningdek, kelgusi saylovlarda hukumat almashinishiga erishish uchun kurashish niyatida ekanini bildirdi.

Bundan bir kun avval siyosatchi amaldagi hukumat harakatlari G‘arbiy Sohilni «porox to‘ldirilgan bo‘chka»ga aylantirayotgani va bu, uning fikricha, Isroil xavfsizligiga tahdid solayotganini aytgan edi. Uning ta’kidlashicha, so‘nggi oylarda radikal kayfiyatdagi ko‘chmanchilarning harakatlari keskinlikning ortishiga va vaziyat yanada izdan chiqishi xavfining kuchayishiga sabab bo‘lgan.

Avvalroq, juma kuni Falastin va Isroil manbalari ma’lumotiga ko‘ra, Nablus yaqinidagi Tell shahrida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida to‘rt nafar falastinlik va ikki nafar isroillik halok bo‘lgan.

Shundan so‘ng Isroil kuchlari Nablus va unga yaqin aholi punktlarini qamal qildi, ommaviy qo‘lga olishlarni amalga oshirdi hamda bosib olingan G‘arbiy Sohilda keng ko‘lamli harbiy operasiyaga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:50 28.07.2026. O'qildi: 644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!