Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Isroil Madrimov Ortisdan yarim kilogramm og‘irroq tosh bosdi

Isroil Madrimov Ortisdan yarim kilogramm og‘irroq tosh bosdi

Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida uzoq kutilgan professional boks turniri bo‘lib o‘tadi.

Turki Al ash-Sheyx tomonidan tashkil etilayotgan katta boks oqshomining markaziy jangi yarimog‘ir vazn toifasida o‘tkaziladi. Unda rossiyalik bokschilar Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol o‘zaro revansh jangida to‘qnash keladi. Ilk jangda Artur ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozonib, mutlaq jahon chempioniga aylangandi.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu kard doirasida hamyurtimiz Isroil Madrimov amerikalik Virjil Ortisga qarshi 12 raundlik chempionlik jangida ringga ko‘tariladi. Bugungi jang oldidan barcha ishtirokchilar tarozidan o‘tish marosimida hozir bo‘lishdi. Madrimov tarozida raqibidan yarim kilogramm og‘irroq tosh bosdi. Ikkala bokschi ham belgilangan vazn me’yorini bajargan.

Tarozi natijalari:

Jozef Parker — 121,1 kg
Martin Bakole — marosimga yetib kela olmadi

Shakur Stivenson — 60,8 kg
Josh Pedli — 60,8 kg

Karlos Adames — 71,7 kg
Xamza Shiraz — 72,1 kg

Virjil Ortis — 69,4 kg
Isroil Madrimov — 69,9 kg

Agit Kabayel — 109,3 kg
Chjan Chjiley — 130,4 kg

Joshua Buatsi — 79,4 kg
Kallum Smit — 79 kg

Ziyad Almaayuf — 65 kg
Jonatas Rodrigu Gomesh de Oliveyra — 64,3 kg

Muhammad Alalkel — 60,8 kg
Enxel Gomes — 59,9 kg

Kiritildi: 18:00 22.02.2025. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!