Super yarim o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik WBA sobiq chempioni Isroil Madrimov chempionlik jangiga oid holati haqida ma’lumot berdi.
"Qaytib oldik, Alhamdulillah. Sog‘lig‘im bilan bog‘liq muammolar ko‘p edi. Hozir asosiy maqsadim chempionlik kamari. Hozir barcha kamarlar o‘z egalarida. Vaziyatimiz yaxshi. Ularga bemalol da’vogarlik qila olamiz. Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan oxirgi boks tadbirida ham barcha boks mas’ullari bilan ko‘rishdik. WBA yo‘nalishi bo‘yicha boshqalar bilan kelishilgan holatda ishlar olib borilayotganini aytishdi. O‘zbekistonga katta g‘alabalarni olib kelishga harakat qilamiz", deydi Madrimov.