Bugun 8 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Isroil havo kuchlari Tehron aeroportida 16 ta samolyotni yo‘q qildi

Isroil havo kuchlari Tehron aeroportida 16 ta samolyotni yo‘q qildi

Isroil havo kuchlari Tehrondagi Mehrobod aeroportida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining "Quds" kuchlariga tegishli 16 ta samolyotni yo‘q qildi.

Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati e’lon qildi.

Bayonotga ko‘ra, samolyotlar Livandagi "Hizbulloh"ga qurol yetkazib berish uchun ishlatilgan.

"Harbiy razvedka ma’lumotlariga asoslanib, Isroil kechasi Tehronga, jumladan, Mehrobod aeroportidagi harbiy infratuzilmaga keng ko‘lamli hujumlar uyushtirdi. Operasiya doirasida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining "Quds" kuchlariga tegishli 16 ta samolyot yo‘q qilindi", deyiladi bayonotda.

Isroil armiyasi matbuot xizmati qurol va naqd pul bilan to‘ldirilgan vayron qilingan samolyot aeroportdan bir necha bor uchib ketganini va "Hizbulloh" kabi proksi guruhlarni ta’minlash uchun Yaqin Sharqning turli joylariga qo‘nganini qo‘shimcha qildi.

Bundan tashqari, bir nechta Eron qiruvchi samolyotlariga hujum qilingan, bu esa Isroil tomonining fikriga ko‘ra, Eron havo hududida faoliyat yuritayotgan IAF samolyotlariga tahdid solgan.

“Aeroportning harbiy infratuzilmasiga qilingan hujum nafaqat rejimning o‘zining, balki uning Yaqin Sharq bo‘ylab terrorchi guruhlarining qurollanish imkoniyatlarini ham buzadi”, deb qo‘shimcha qildi Isrol armiyasi.

Kiritildi: 22:05 07.03.2026. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!