Isroil G‘arbiy Sohil hududida istiqomat qiluvchi falastinliklarga 4G mobil internet xizmatini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Hozirgacha ushbu hudud aholisi 2018 yilda joriy etilgan 3G tarmog‘idan foydalanib kelayotgan edi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur yangilik G‘azo sektoriga taalluqli emas. G‘azo aholisi hanuz 2G internetdan foydalanishda davom etadi.