Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

«Apollon» dasturchisi Margaret Hamilton vafot etdi

«Apollon» dasturchisi Margaret Hamilton vafot etdi

AQShda Margaret Hamilton 90 yoshda vafot etdi – u NASA’ning «Appolon» kosmik dasturidagi ilk ayol dasturchi bo‘lgandi. U Oy dasturi uchun kodlarning ulkan jildlari bilan tushgan surati orqali ko‘pchilikka tanish.

Hamilton xonim Massachusets texnologiya institutida (MIT) yuz kishilik dasturchilar jamoasini boshqargan. Ularning «Apollon» missiyasi uchun dasturiy ta’minoti astronavtlar Nil Armstrong va Bazz Oldringa 1969 yil Oyga xavfsiz qo‘nishni amalga oshirishiga yordam bergan.

Hamilton 1969 yildan 1972 yilga qadar bo‘lgan davrda Oyga qo‘nish bo‘yicha oltita missiya ustida ishlagan. Keyinchalik Hamilton dasturlaridan Amerikaning Skylab nomli ilk kosmik stansiyasini yaratishda va kosmik shattllarni ishlab chiqishning dastlabki bosqichlarida foydalanilgan.

Hamilton 1936 yil Indiana shtatida tug‘ilgan. U matematika bo‘yicha bakalavr darajasini oladi, «Apollon» loyihasi uchun mutaxassislar qidirilayotgani haqida esa gazetadan bilib qolgan. O‘zining so‘zlariga ko‘ra, u nafaqat birinchi ayol, balki jamoadagi ilk dasturchi ham edi. Biroz vaqt o‘tib u boshqariladigan kosmik kemalar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i lavozimigacha ko‘tariladi.

2016 yilda AQSh prezidenti Barak Obama Hamilton xonimni AQShdagi oliy fuqarolik mukofotlaridan biri hisoblangan Ozodlik medali bilan taqdirlaydi.

«Astronavtlarimizda vaqt kam edi, ammo yaxshiki ularda Margaret Hamilton bor edi», – degandi prezident taqdirlash marosimida.

Kiritildi: Bugun 02:30. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!