Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Ispaniyadan Yevro-2024 qasosi olinadimi? Mbappe javob berdi

Ispaniyadan Yevro-2024 qasosi olinadimi? Mbappe javob berdi

Fransiya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Millatlar ligasi yarim finalida Ispaniya terma jamoasi bilan bo‘ladigan uchrashuv haqidagi savolga javob berdi.

Fransiyaliklar Xorvatiyani ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. Ispanlar bellashuvida ham ish o‘yindan keyingi 11 metrli jarima zarbalarigacha borib yetdi - "qizil furiya" niderlandiyalik raqiblariga qaraganda aniqroq chiqdi.

Millatlar ligasining yarim final bahslari iyun oyi boshida bo‘lib o‘tadi.

"Evro-2024 uchun revansh? Bu o‘tmishda qoldi, ammo, albatta, bizning maqsadimiz - finalga chiqish. Biz shunday o‘yinlarda o‘ynashni xohlaymiz. Yana bir sovrinni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz," - dedi Mbappe intervyuda.

Kiritildi: 10:17 24.03.2025. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!