Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ispaniyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda

Ispaniyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda

Ispaniyaning Toledo shahrida ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlar soni 74 nafarga yetdi.

Fojia oqibatida yana 100 nafarga yaqin kishi jarohatlangan. Ulardan 53 nafari shifoxonada qolmoqda, 15 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.

Avvalroq halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida Argentina, Yaponiya, Filippin, Janubiy Koreya va Xitoy fuqarolari ham borligi xabar qilingan edi.

Ispaniyada temir yo‘l halokati 28 oktyabr kuni Renfe va Iryo poyezdlarining to‘qnashuvi oqibatida sodir bo‘lgan. Mamlakat transport vaziri Oskar Puentening ma’lum qilishicha, fojiali to‘qnashuvdan avval signalizasiya tizimida nosozlik yuz bergan va dispetcherlik markazi harakatni qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Hodisa munosabati bilan Ispaniyada 29–31 oktyabr kunlari umummilliy motam e’lon qilingan.

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!