Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi: "An-Nasr"dagi ilk mavsumimdayoq Saudiya men uchun emasligini tushundim"

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi: "An-Nasr"dagi ilk mavsumimdayoq Saudiya men uchun emasligini tushundim"

Hozirda o‘z vatanida «Atletik» Bilbao sharafini himoya qilayotgan ispaniyalik himoyachi Emerik Laport Saudiya Arabistoni chempionatidagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

"Bu haqda ilgari hech qachon gapirmaganman, biroq Saudiya Arabistonidagi ilk mavsumimdayoq bu men xohlagan narsa emasligini tushungandim. Klubda mendan biroz sabr qilishimni so‘rashdi, lekin hech narsa o‘zgarmadi. Shuningdek, oilaviy masalalar ham bor edi, bu esa men uchun juda muhim", — deya 31 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi «RMC Sport».

Laport portugaliyalik Krishtianu Ronaldu bilan birga «An-Nasr» safida to‘p surgan. Ispaniyalik himoyachi jamoa tarkibida 69 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: Bugun 15:08. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!