Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi JChdagi g‘alabadan so‘ng sochlarini pushtiga bo‘yadi (FOTO)

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi JChdagi g‘alabadan so‘ng sochlarini pushtiga bo‘yadi (FOTO)

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi endi pushti rangli sochlar bilan maydonga tushadi. Hali iyun oyida, jahon chempionatining guruh bosqichi vaqtida 22 yoshli futbolchi agar Ispaniya terma jamoasi mundialda g‘olib chiqsa, sochlarini pushti rangga bo‘yashini aytgan edi. Shunday bo‘lib chiqdi ham: ispaniyaliklar Kabo-Verdega qarshi kechgan ilk o‘yinda qoqilishdi (0:0), ammo keyinchalik barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ikkinchi bor kubokni qo‘lga kiritishdi. Finalda «qizil furiya» Argentinani mag‘lub etdi (1:0).

Endilikda Gavi va’dasida turdi: u ijtimoiy tarmoqlarda pushti rangli sochlari bilan tushgan suratlarini joylab, «So‘zida turadigan inson» deb izoh qoldirdi.

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi JChdagi g‘alabadan so‘ng sochlarini pushtiga bo‘yadi (FOTO)

«Barsa» xavbeki Ispaniyaning zafarli jahon chempionatidagi ikkita uchrashuvida maydonga tushgan edi.

Kiritildi: 10:54 06.08.2026. O'qildi: 667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!