Ukrainaning Xmelnitskiy viloyati kengashi deputati Viktor Burlik safarbarlikka qarshilik ko‘rsatganlarni keskin jazolashga chaqirdi.
Uning bu bayonoti Lvovdagi hodisa ortidan yangragan. Unda bir erkak qarshilik ko‘rsatib, QK xodimini o‘ldirib qo‘ygan.
Burlik bunday qarshilik ko‘rsatgan shaxsni “dushman tarafdori” sifatida otib tashlash, jasadini esa maydonga osib qo‘yish kerakligini yozgan.
Deputat buni safarbarlikka qarshilik qilish oqibatlarini ko‘rsatish usuli sifatida taklif qilgan.