Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Islom hamkorlik tashkiloti Bahrayn va Quvaytga qilingan hujumlarni qoraladi

Islom hamkorlik tashkiloti Bahrayn va Quvaytga qilingan hujumlarni qoraladi

Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) Bahrayn va Quvaytga qilingan hujumlarni qoraladi.

Bu haqda Islom Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibiyati bayonot berdi.

"Bosh kotibiyat Eronning Bahrayn Qirolligi va Quvayt davlatiga ularning suverenitetini buzadigan va Quvayt xalqaro ayeroporti kabi fuqarolik va muhim infratuzilmani nishonga oladigan hujumlarini qat’iy qoralaydi", deyiladi bayonotda.

IHT hujum bir kishining o‘limiga, bir nechta odamning jarohatlanishiga va jiddiy zararga olib kelganini eslatdi.

"Ushbu davom etayotgan hujumlar xalqaro huquq va BMT Nizomining aniq buzilishi hisoblanadi va mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni tiklash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarga putur yetkazishi mumkin", deyiladi bayonotda.

Avvalroq, Quvayt xalqaro aeroporti dron hujumlari tufayli faoliyatini to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi. Terminalga dron va ballistik raketa hujumlari natijasida bir kishi halok bo‘ldi va 60 dan ortiq kishi jarohat oldi.

Kiritildi: Bugun 10:31. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!