Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan "Transfermarkt" portali 2025/26 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng Angliya Premyer-ligasi bo‘yicha ma’lumotlarni yangiladi.
Eng ko‘p qimmatlashgan futbolchilar "top-10"ligiga "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov hamda "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu kirdi.
Transfermarkt talqiniga ko‘ra, APLning eng ko‘p qimmatlashgan futbolchilari:
Eli Krupi ("Bornmut") — 70 mln yevro (+30 mln yevro)
Rayan Sherki ("Manchester Siti") — 90 mln yevro (+25 mln yevro)
Niko O'Rayli ("Manchester Siti") — 70 mln yevro (+20 mln yevro)
Kobbi Maynu ("Manchester Yunayted") — 70 mln yevro (+20 mln yevro)
Rayan ("Bornmut") — 60 mln yevro (+20 mln yevro)
Elliot Anderson ("Nottingem Forest") — 75 mln yevro (+15 mln yevro)
Igor Tiago ("Brentford") — 65 mln yevro (+15 mln yevro)
Abduqodir Husanov ("Manchester Siti") — 50 mln yevro (+15 mln yevro)
Mateush Fernandesh ("Vest Xem") — 50 mln yevro (+15 mln yevro)
Uilyam Osula ("Nyukasl") — 28 mln yevro (+13 mln yevro)
Ma’lumot uchun, Husanovning transfer qiymati so‘nggi yangilanishdan keyin 35 million yevrodan 50 million yevroga ko‘tarildi. Shu tariqa, u Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi.