Bugun 31 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Islandiyaliklar YEIga a’zolik muzokaralarini qayta boshlashga qarshi ovoz berdi

Islandiyaliklar YEIga a’zolik muzokaralarini qayta boshlashga qarshi ovoz berdi

Islandiyada o‘tkazilgan referendumda aholining aksariyati mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga qarshi ovoz berdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, muzokaralarni qayta boshlashga qarshilar 52,5 foizni, tarafdorlar esa 47,5 foizni tashkil qildi.

Ovozlarni sanashning dastlabki bosqichida YEI bilan muzokaralarni tiklash tarafdorlari ustunlik qilayotgan edi. O‘sha paytda ular 51,2 foiz ovoz to‘plagan, qarshilar hissasi esa 48,8 foizni tashkil etgandi.

Bu holat dastlab Yevropa Ittifoqiga integrasiya tarafdorlari ko‘proq bo‘lgan poytaxt Reykyavikdagi ovozlarning katta qismi hisoblab chiqilgani bilan izohlandi. Qishloq hududlaridan natijalar kelib tushgach, vaziyat o‘zgardi va muzokaralarga qarshilar oldinga chiqdi.

Islandiya 2009 yilda jahon moliyaviy inqirozidan keyin Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Muzokaralar 2010 yilda boshlangan, ammo 2013 yilda yangi hukumat ularni to‘xtatgan.

2015 yilda Islandiya hukumati Bryusseldan mamlakatni YEIga a’zolikka nomzod sifatida boshqa ko‘rmaslikni so‘ragan edi.

Islandiya Yevropa Ittifoqi a’zosi emas, biroq Yevropa iqtisodiy hududi va Shengen zonasi tarkibiga kiradi.

Kiritildi: 18:31 30.08.2026. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!