Bugun 12 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Islam Maxachev Toshkentda muhim hujjatni qabul qilib oldi (FOTO)

Islam Maxachev Toshkentda muhim hujjatni qabul qilib oldi (FOTO)

UFC'ning ikki vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan Islam Maxachev Toshkentda o‘tkazilgan sambo bo‘yicha jahon chempionati doirasidagi taqdirlash marosimiga munosabat bildirdi.

Dog‘istonlik jangchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «Samboni butun dunyoda rivojlantiramiz», — deya yozdi.

5 noyabr kuni O‘zbekiston poytaxtida Xalqaro sambo federasiyasi (FIAS) prezidenti Vasiliy Shestakov Maxachev va Fyodor Yemelyanenkoga samboning xalqaro elchilari ekanini tasdiqlovchi ramziy ishonchnomalarni topshirgan edi.

Mazkur hujjat sportchilarning samboni jahon miqyosida targ‘ib qilish va ommalashtirishdagi xizmatlarini e’tirof etadi. Maxachevga sambo elchisi maqomi 2026 yil fevral oyida berilgan.

35 yoshli sportchi avvalroq jangovar sambo bo‘yicha Rossiya va jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. U 2010 yildan MMAda faoliyat yuritib, 2015 yilda UFC'da debyut qilgan.

Maxachev 2022 yilda yengil vaznda chempion bo‘lib, kamarini to‘rt marta muvaffaqiyatli himoya qildi. 2025 yilda esa yarim o‘rta vaznda ham chempionlikka erishdi.

Islam Maxachev Toshkentda muhim hujjatni qabul qilib oldi (FOTO)

Kiritildi: 22:37 10.11.2026. O'qildi: 1172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik