Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Islam Maxachev Topuriya bilan jang qiladimi? - Dana Uayt javob berdi

Islam Maxachev Topuriya bilan jang qiladimi? - Dana Uayt javob berdi

Yarimengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini vakant qoldirgan Iliya Topuriya faoliyatini yengil vaznda davom ettirishini ma’lum qilgandi.

Bu holatdan keyin ko‘pchilik Topuriyaning keyingi janglaridan biri yengil vazn chempioni Islam Maxachevga qarshi o‘tkazilishini taxmin qila boshladi. UFC prezidenti Dana Uayt bugungi UFC Fight Night 252 turniridan keyingi matbuot anjumanida bu savolga javob berdi.

"Bizda boshqa variantlar ham bor. Hozir juda ko‘p ahmoqona ishlar bo‘lyapti", — deya savolga qisqa javob berdi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, Islam Maxachev o‘tgan oyda braziliyalik Renato Moykanoni birinchi raunddayoq bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etib, o‘z kamarini to‘rtinchi bor muvaffaqiyatli himoya qilgandi. Topuriya esa o‘tgan yilning oktyabr oyida sobiq chempion Maks Xolloueyni muddatidan avval taslim etgan edi.

Kiritildi: 19:06 23.02.2025. O'qildi: 1541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!