Islam Maxachev UFC Baku turnirida jang qiladigan do‘stlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ozarbayjon poytaxtiga etib keldi.
Engil vazndagi kamarini vakant qoldirib, yarimo‘rta vazn toifasiga o‘tgan Islam o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida video murojaat qildi.
"Hammaga salom! Biz Boku shahriga yetib keldi. Bokuda ilk bor UFC turniri o‘tkaziladi, o‘z o‘rnida men ham birinchi marotaba bu yerdaman. Bu yerga Tagir va boshqa yigitlarimizni qo‘llab-quvvatlagani keldim. Hammaga omad tilayman. Tez orada ko‘rishamiz. Tez kunda katta yangiliklar bo‘ladi", - dedi Maxachev.
Ozarbayjonda tashkil etilayotgan UFC on ABC 8 turnirida to‘rt nafar rossiyalik aralash yakkakurash ustalari – Rizvan Kuniyev, Darya Jeleznyakova, Irina Alekseeva va Tagir Ulanbekov oktagonga chiqadi.