Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ishli onalarga bog‘cha puli qoplab beriladi, tarbiyachilar uchun o‘qish muddati qisqartiriladi

Ishli onalarga bog‘cha puli qoplab beriladi, tarbiyachilar uchun o‘qish muddati qisqartiriladi


Kelgusi yil 1 yanvardan 2–3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalar uchun badal puli byudjetdan qoplab beriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bog‘cha tarbiyachilari uchun ham yangi imkoniyatni e’lon qildi. Kelgusi o‘quv yilidan ularning pedagogika oliygohlarida o‘qish muddati 4 yildan 3 yilga qisqartiriladi.

“Juda ko‘p o‘rgandik, izlandik, ekspertlar bilan xulosa qildik. Bir yil umri bekorga o‘tyapti. Uch yilda ham bemalol o‘qitsa bo‘lar ekan”, — dedi Prezident.



Eng muhimi, bog‘chada kamida 5 yil ishlagan tarbiyachi yordamchilari ham ushbu imkoniyatdan foydalana oladi.

Kiritildi: 16:47 30.09.2026. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!