Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Iroq Suriya lagerlaridan ko‘chirilgan ISHISh gumonlanuvchilari bo‘yicha tekshiruvlarni boshladi

Iroq Suriya lagerlaridan ko‘chirilgan ISHISh gumonlanuvchilari bo‘yicha tekshiruvlarni boshladi

Iroq hukumati Suriyadagi hibs lagerlaridan olib kelingan ISHISh (DAISh) guruhiga aloqador, deb gumonlanayotgan 1 300 nafardan ortiq shaxs bo‘yicha tergov ishlarini boshladi.

Ma’lum qilinishicha, Suriya armiyasi mamlakatning shimoli-sharqida, avval kurdlar boshchiligidagi Suriya Demokratik kuchlari nazoratida bo‘lgan hududlarni egallab olgach, taxminan 7 ming nafar gumonlanuvchi Suriyadan Iroqqa ko‘chirilgan.

Iroq tomoni ushbu shaxslarning faoliyati va jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda.

Kiritildi: 21:56 02.02.2026. O'qildi: 155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!