Qayd etilishicha, ushbu chora orqali raqamli xavfsizlikni oshirish, foydalanuvchilarni himoya qilish, noqonuniy harakatlarni va xavfni kamaytirish ko‘zlangan.
16 noyabr kuni Iordaniyadagi foydalanuvchilar Telegram'ga ulanishdagi qiyinchiliklar, jumladan, xabarlar va multimedia fayllarini yuborish hamda qabul qilishdagi muammolar haqida xabar bergan.
Messenjerning taqiqlanishi oktyabr oyida Iordaniyadagi cherkovda yuz bergan hujumning uch tashkilotchisi o‘limga hukm qilingani ortidan e’lon qilindi. Mazkur hujum oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan, 30 nafardan ortiq odam yaralangandi. Iordaniya rasmiylari Telegram bloklanishini cherkovda sodir etilgan hujum bilan bog‘lamagan.