👀O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7–8 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan Serbiya Respublikasida bo‘ladi.
🖋 Shu munosabat bilan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi 9 yillik savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik bo‘yicha sharh va infografika tayyorladi.
👁2016–2025 yillarda O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 9 barobarga o‘sib, 12 mln dollarga yetdi.
🔝 Eksport 3 barobarga o‘sib, 0,9 mln dollarni tashkil etdi.
🔝 Import 10 barobarga o‘sib, 11,1 mln dollarni tashkil etdi.
2016–2025 yillarda Serbiyadan O‘zbekistonga jalb qilingan investisiyalarning jami hajmi 2,2 mln dollarni tashkil etdi. 2024 yilda Serbiyadan O‘zbekistonga jalb qilingan investisiyalar hajmi 0,2 mln dollarni tashkil etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda Serbiya kapitali ishtirokidagi 9 ta korxona faoliyat yuritmoqda.