Indoneziyaning Sharqiy Nusa-Tenggara shahrida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 71 kishiga yetdi.
Bu haqda Indoneziya ommaviy axborot vositalari Milliy tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi (BNPB) ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
"O‘lganlar soni 71 kishiga yetdi, ayniqsa Nagekeo tumanida. Nusa Tenggara mintaqasidagi qochqinlarning umumiy soni hozirda 59 647 kishini tashkil etadi, eng ko‘p son Manggaraida", deyiladi xabarda.
7,7 magnitudali zilzila 15 avgust kuni sodir bo‘lgan.