Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ilhom Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari kiberhujumga uchradi

Ilhom Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari kiberhujumga uchradi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga kiberhujumlar uyushtirilayotgani ma’lum qilindi.

Bu haqda Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati rasmiy xabar tarqatdi.

"Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga nisbatan kiberhujumlar kuzatilmoqda.

Tegishli tuzilmalar tomonidan ushbu hujumlarni to‘xtatish va ular yuzasidan tekshiruv o‘tkazishga qaratilgan zarur choralar ko‘rilmoqda", — deyiladi rasmiy bayonotda.

Hozircha kiberhujumlar ortida kimlar turgani va ularning ehtimoliy oqibatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 23:47 15.11.2026. O'qildi: 252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik