Bu haqda DW xabar berdi.
Evropa Ittifoqining Ukrainadagi elchisi Rossiya TIVning Kiyevga rejalashtirilayotgan zarbalar sababli xorijiy elchixonalarni evakuasiya qilish chaqirig‘iga keskin munosabat bildirdi.
"Yillar davomida turar-joy binolari, muzeylar, tug‘uruqxonalar, maktablar va elektr stansiyalarini o‘qqa tutgan rejim, kutilmaganda xalqaro gumanitar huquq va Jeneva konvensiyalari tilida gapira boshladi", — deydi Katarina Maternova.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining xorijiy fuqarolarni, jumladan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar xodimlarini Ukraina poytaxtini tark etishga chaqirgan bayonotini Maternova "ikkiyuzlamachilik" deb atadi.
"Evropa Ittifoqi hech qayerga ketmaydi. Biz Kiyevda qolamiz. Biz Ukraina bilan qolamiz. Diplomatlar va xalqaro tashkilotlarga tahdid qilish kuch belgisi emas. Ular noilojlikni ifodalaydi", — deya qayd etdi diplomat.