Texas shtatidagi kosmodromdan amalga oshirilgan uchish jarayonining to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiyasi 23 mayga o‘tar kechasi Ilon Maskka tegishli bo‘lgan X ijtimoiy tarmog‘ida uzatildi.
Balandligi qariyb 124 metr va tortish kuchi tahminan 8 ming tonna bo‘lgan raketa ikki qismdan iborat. Uzunligi taxminan 70 metr bo‘lgan Super Heavy tezlatgichi va 50 metrlik Starship asosiy qismidan tashkil topgan.
Parvoz mobaynida ayrim nosozliklar ham kuzatildi — raketa vertikal holatga kelishga muvaffaq bo‘lgan va koinotda taxminan bir soat davomida harakatlandi, ammo, bu vaqtga kelib uning oltita dvigatelidan biri ishlamay qoldi. Shundan so‘ng, Starship V3 Hind okeaniga boshqariladigan qo‘nishni amalga oshirdi.
Bunday raketa tizimining ilk sinovlari 2023 yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan va muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan edi, parvozdan bir necha daqiqa o‘tib raketa portlab ketgandi.
V2 prototipi bilan bog‘liq qator muvaffaqiyatsizliklardan keyin SpaceX texnik muammolar tufayli 22 mayga o‘tar kechasi V3 raketasini uchirish bo‘yicha birinchi urinishni ham bekor qilgan edi.