“To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilarining maqsadga muvofiq o‘rnatilgani nuqtayi nazaridan to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi.
Zarurat bo‘lmagan joylarda o‘rnatilgan yo‘l belgilari demontaj qilinadi.
Shuningdek, bu belgilarning amal qilish vaqtini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha axborot belgilari o‘rnatiladi. Bu belgilarda ko‘rsatilgan amal qilish vaqtidan tashqari paytda, transport vositalarining tegishlicha to‘xtashi va to‘xtab turishiga ruxsat berildi.
“Masalan, "To‘xtab turish taqiqlangan" belgisining tagida amal qilish vaqti soat "7:00 – 21:00" deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, transport vositalari ushbu belgi hududida soat 21:00 dan 7:00 ga qadar bemalol to‘xtab turishlari mumkin bo‘ladi”, – deya tushuntirdi prezident matbuot xizmati.