Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar-fevral oylarida 1 081 612 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 49,3 ming nafarga oshgan.
2026 yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p borgan TOP-10 davlat:
Qirg‘iz Respublikasi — 426 421 nafar;
Tojikiston — 179 390 nafar;
Qozog‘iston — 166 017 nafar;
Saudiya Arabistoni — 115 350 nafar;
Rossiya — 62 054 nafar;
Turkiya — 34 634 nafar;
BAA — 26 449 nafar;
Tailand — 10 946 nafar;
Xitoy — 8 890 nafar;
Misr — 8 872 nafar.