Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Ikki bokschimis bugun WBC Gran-prisining 1/8 finalida ringga chiqadi

Ikki bokschimis bugun WBC Gran-prisining 1/8 finalida ringga chiqadi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida WBC Gran-prisi doirasidagi nimchorak final janglari davom etmoqda.

Bugungi kun doirasida o‘zbekistonlik ikki charm qo‘lqop ustasi o‘z janglarini o‘tkazadi. Parij-2024 Olimpiadasi chempioni, og‘ir vaznli Lazizbek Mullojonov WBC Gran-prisi 1/8 finalida marokashlik Yuness Baalaga qarshi ringga ko‘tariladi.

Aprel oyida o‘tkazilgan dastlabki bosqich doirasida Mullojonov panamalik Marvin Mendosani, Baala esa Daniya vakili Morten Givskovni mag‘lub etgandi. Lazizbek prof boksda hozirgacha 6 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Yuness Baala hisobida esa 3 ta g‘alaba bor.

Ikki bokschimis bugun WBC Gran-prisining 1/8 finalida ringga chiqadi

Bugun shuningdek, yarimengil vazndagi bokschimiz Ayubxon Baxtiyorov (6-0) ham chorak final chiptasi uchun ringga ko‘tariladi. Hamyurtimiz Jon Bolano (Kolumbiya, 4-0) bilan to‘qnash keladi. Har ikki bokschi ham hali prof faoliyatlarida mag‘lubiyatga uchramagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha super yengil vaznning nimchorak final jangida Mujibillo Tursunov (7-0) Alan Ezikel Dutra (Argentina, 15-1)ga faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etgandi.

Ikki bokschimis bugun WBC Gran-prisining 1/8 finalida ringga chiqadi

Kiritildi: 10:25 21.06.2025. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!