Saudiya Arabistonining janubidagi Najran mintaqasida husiylarning hujumlarida kamida 11 tinch aholi vakili jarohat oldi.
Bu haqda Saudiya Arabistoni Koalisiya kuchlari qo‘mondonligi vakili general-mayor Turki al-Maliki ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida yetti nafar Saudiya Arabistoni fuqarosi, jumladan, ikkinchi darajali kuyish jarohati olgan ayol va to‘rt yoshli bola, shuningdek, Yaman, Misr va Pokiston fuqarolari bor.
Al-Maliki husiylar tinch aholini nishonga olganini aytib, bu hodisani "xalqaro gumanitar huquqning aniq buzilishi" deb atadi.