Transfermarkt nashri APL futbolchilarining yangilagan narxlarini e’lon qildi.
Eng katta o‘sish “Nyukasl“ hujumchisi Aleksander Isakda bo‘ldi. Forvardning narxi 20 million yevroga oshdi va endi uning bozordagi narxi 120 million yevroga yetdi. Eng katta tushish esa “Man Siti“ futbolchisi Fil Fodenda bo‘ldi. Yarim himoyachining narxi 30 million yevroga pastlagan.
Abduqodir Husanovning narxi o‘zgarishsiz qoldi va himoyachimiz hali ham 35 million yevroga baholangan.