O‘zbek futbolining xorijdagi eng yorqin vakillaridan biri, «Manchester Siti» va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov hayotida unutilmas va quvonchli voqea yuz berdi.
Evropa yashil maydonlarida o‘z mahoratini namoyish etib, millionlab muxlislar mehrini qozonib kelayotgan Abduqodir Husanov kecha ota degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Iqtidorli himoyachimizning oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi.