Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Husanovga imkoniyat: «Manchester Siti» asosiy himoyachisi uchun mavsum deyarli yakunlandi

Husanovga imkoniyat: «Manchester Siti» asosiy himoyachisi uchun mavsum deyarli yakunlandi

"Manchester Siti" jamoa himoyachisi Yoshko Gvardiol APLning 20-turidan o‘rin olgan "Chelsi"ga (1:1) qarshi o‘yinda o‘ng oyog‘ining katta boldir suyagi singanini ma’lum qildi.

Futbolchi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va uchrashuvning 51-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etdi.

23 yoshli xorvatiyalikning tiklanish muddati ma’lum qilinmagan. O‘yinchi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishi kerak, undan keyin tiklanish 3 oydan 6 oygacha davom etishi mumkin.

Gvardiol 2023 yilning avgustidan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:01 06.01.2026. O'qildi: 3751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!