Xabaringiz bor, bugun Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" Angliya Liga kubogi doirasida "Nyukasl Yunayted" bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi (umumiy hisob 5:1).
Ushbu bellashuvni Husanov to‘liq o‘tkazdi. To‘qnashuvdan so‘ng ayrim statistik portallar hamyurtimizni turlicha baholadi.
"Fotmob" vakilimizni 6.5 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 6.3 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur statistik portaldan biri hisoblangan "Flashscore" esa hamyurtimizga 6.3 ball berdi. Mazkur uchta portal ham "Manchester Siti" himoyachilari ichida Husanovga eng past ballni bergan.
Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" navbatdagi bellashuvini 8 fevral kuni "Liverup"ga qarshi o‘tkazadi.