Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Husanov qo‘rqinchli hisob qayd etilgan bahsda necha ballga loyiq ko‘rildi?

Husanov qo‘rqinchli hisob qayd etilgan bahsda necha ballga loyiq ko‘rildi?

Xabaringiz bor, bugun "Manchester Siti" Angliya kubogida "Ekseter Siti" bilan bahs olib borib, 10:1 hisobida zafar quchdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Ushbu to‘qnashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov Riko Lyuis va Trafford bilan birgalikda to‘liq harakat qildi. Bellashuvdan so‘ng turli xil statistik portallar vakilimizning o‘yinini turlicha baholadi.

"Fotmob" vakilimizni 7.9 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 7.2 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur statistik portaldan biri hisoblangan "Flashscore" esa hamyurtimizga 7.2 ball berdi.

Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" navbatdagi to‘qnashuvini 13 yanvar kuni Angliya Liga kubogi doirasida "Nyukasl Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:46 10.01.2026. O'qildi: 5003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!