Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Hukumat 2030 yilga qadar davlat xizmatlarini tubdan soddalashtirishni maqsad qilmoqda

Hukumat 2030 yilga qadar davlat xizmatlarini tubdan soddalashtirishni maqsad qilmoqda

Byurokratiyani qisqartirish bo‘yicha yangi rejalar e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

– 2030 yilgacha davlat xizmatlari soni 1,5 mingtaga yetkaziladi, elektron xizmatlar ulushi 95 foizgacha oshiriladi. Kelgusi yilda qo‘shimcha 250 ta xizmat raqamlashtiriladi. “Qog‘ozsiz hukumat” to‘liq joriy etilib, mavjud 40 million hujjatdan 25 millioni raqamlashtiriladi;

– proaktiv va kompozit xizmatlar soni 400 taga yetkaziladi, keyingi yilda 180 ta yangi elektron xizmat ishga tushiriladi;

– lisenziyalash, qurilish va kommunal tarmoqlarga ulanish bo‘yicha 300 dan ortiq jarayon soddalashtiriladi. Fuqarolar 4 ta kommunal tarmoqqa yagona ariza orqali ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

– 100 dan ziyod xizmatlarni ko‘rsatish muddatlari 50 foizgacha qisqartiladi. 110 dan ortiq ma’lumot va hujjat talab qilish bekor qilinadi. Davlat xizmatlari portali, “Lisenziya” tizimi, “Yagona darcha” va koll-markazlar sun’iy intellekt asosida ishlaydi.

Kiritildi: Bugun 14:24. O'qildi: 185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!