Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Evroparlament Ukraina bo‘yicha o‘z rezolyusiyasini e’lon qildi

Evroparlament Ukraina bo‘yicha o‘z rezolyusiyasini e’lon qildi

Evroparlament Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarida Yevroittifoq ham ishtirok etishi va Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Kiyevga topshirish talab qilingan rezolyusiyani e’lon qildi.

Hujjatda quyidagi bandlar keltirilgan:

◾️ Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari: Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish qaroriga Yevroittifoq va AQSh tomonidan beriladigan mustahkam xavfsizlik kafolatlari hamroh bo‘lishi lozim. Xavfsizlik kafolatlari NATO nizomining 5-moddasi hamda YEI nizomining 42.7-moddasiga mos bo‘lishi shart, bu yangi tajovuzning oldini olish uchun zarur;

◾️ Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni tan olmaslik: Ukrainaning rossiyaliklar tomonidan egallab olingan hududlari “Rossiya tarkibiga kirgan” deb tan olinmaydi. Yevropa parlamenti Yevroittifoqning istalgan muzokarada ishtirokini ta’minlash kerak. Ukraina masalasida — ukrainaliklarning ishtirokisiz, Yevropa haqida — yevropaliklarsiz qarorlar qabul qilinmasligi shart;

◾️ Vashingtonning ikkiyoqlama pozisiyasiga tanqid: Qo‘shma Shtatlarning nomuvofiq siyosati barqaror tinchlikka erishishni qiyinlashtirmoqda. Kelajakdagi har qanday kelishuv Ukrainaga ittifoqlar tanlash va hududiy yaxlitligini himoya qilish huquqini cheklamasligi lozim;

◾️ Kiyevga reparasion kredit: Yevroparlament deputatlari Ukraina uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan ta’minlangan kredit mexanizmini yaratishni taklif qilmoqda va bu aktivlarning taqdirini Yevroittifoq ishtirokisiz muhokama qilib bo‘lmasligini bildiradi. Yevroparlamentning pozisiyasiga ko‘ra, tinchlik bitimi imzolanmaguncha Moskvaga qarshi sanksiyalar bekor qilinmasligi kerak. Rossiya muzokaradan bosh tortsa, YEI bosimni kuchaytirishi lozim.

Kiritildi: 23:57 27.11.2025. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!