Bugun 27 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tibbiyot xodimasi vafoti uchun 795 million so‘m to‘lab berildi

Tibbiyot xodimasi vafoti uchun 795 million so‘m to‘lab berildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 20.06.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasidan undiruvchi SH.YA. foydasiga 795 mln 643 ming so‘m undirilishi ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, undiruvchi SH.YA.ning onasi Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasi muassasasida mehnat qilgan. Ish jarayonida baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, u yiqilib jarohat olgan va ma’lum vaqt davolanganiga qaramay, vafot etgan. Shu bois, marhumaning qizi mehnat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan xodimning huquqlari buzilganini asos qilib, qonunchilikka muvofiq kompensasiya tayinlash yuzasidan sudlarga murojaat qilgan va ish Oliy sudgacha yetib borgan.

Oliy sud tomonidan ish xolis va adolatli tarzda ko‘rib chiqilib, mehnatda halok bo‘lgan xodimning qizi SH.YA. foydasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensasiya mablag‘ini undirib berish haqida qaror qabul qilingan.

Sud hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosining Paxtaobod tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borildi. Qarzdor tashkilot kompensasiya mablag‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lamagani sababli, majburiy ijro choralari ko‘rilib, tashkilotning mol-mulklari xatlandi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida undiruvchi SH.YA.ning foydasiga sud hujjatida belgilangan 795 mln 643 ming so‘m kompensasiya to‘liq undirib berildi.

Mehnat munosabatlari jarayonida xodimning hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan qonun bilan qat’iy himoya qilinadi. Sud tomonidan qabul qilingan mazkur qaror — mehnatda halok bo‘lgan xodimlar merosxo‘rlarining huquqlari to‘liq kafolatlanganining yana bir amaliy ifodasidir. Albatta, moddiy kompensasiya inson hayotining o‘rnini bosa olmaydi, biroq uning berilgani adolat qaror topganidan dalolatdir.

Kiritildi: 18:05 26.11.2025. O'qildi: 1001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!