Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak bu haqda The Atlantic nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Bugun birorta ham aqlli inson hududlarni topshirish haqida hujjat imzolamaydi. Zelenskiy prezident ekan, hech kim biz hududlarimizdan voz kechishimiz haqida o‘ylamasin. Zelenskiy hududdan voz kechish nazarda tutilgan hujjatni imzolamaydi. Ukraina Konstitusiyasi ham bunga yo‘l qo‘ymaydi. Agar kimdir Ukraina Konstitusiyasiga va ukrain xalqiga qarshi chiqmoqchi bo‘lmasa, bunday qilmaydi", — deya ta’kidladi Yermak.
"Hududlar masalasida Ukraina faqat tomonlar nazorat qilayotgan hududlarni ajratib turadigan chiziq qayerdan o‘tishi kerakligi bo‘yicha muzokara yuritishga tayyor", — deya qo‘shimcha qildi u.