Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Lukashenko sobiq prezident Bakiyevni Qirg‘izistonga bermoqchi emas

Lukashenko sobiq prezident Bakiyevni Qirg‘izistonga bermoqchi emas

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qirg‘iziston poytaxti Bishkekka tashrifi chog‘ida sirtdan sudlangan Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyevni vataniga qaytarmasligini aytib hazillashdi. Bu haqda BelTA xabar berdi.

«Bakiyev ham yaxshi yashayapti <...> Ba’zan mehmonga chaqirsa, uyiga borib turaman. Hech qayerga bormaysan, tamom, Belarusda yashaysan, deb aytganman. Shuning uchun biz uni sizga bermaymiz», dedi Lukashenko Qirg‘iziston OAV savollariga javob berar ekan.

Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Bakiyev Qirg‘izistonni «juda sog‘ingan va iztirobda», shuningdek, otasining qabrini ziyorat qilmoqchi. Belarus rahbari «qirg‘izlar o‘z prezidentiga bunday qilishga yo‘l qo‘ya olmasligini» «boshboshdoqlik» deb atadi.

«O‘ylaymanki, biz bu masalani [Qirg‘izistonning] hozirgi rahbariyati bilan hal qilamiz», deb xulosa qildi Lukashenko.

Qurmanbek Bakiyev 2005-2010 yillarda Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan. U Asqar Akayev hukumatiga qarshi «lola inqilobi» to‘lqinida hokimiyat tepasiga kelgan edi. Ammo 2010 yilgi «aprel inqilobi» paytida hokimiyatdan ag‘darildi va Belarusga qochib ketdi.

Bakiyev 2014 yilda sirtdan sudlandi va 2010 yil aprel oyida Bishkekdagi namoyishchilarni o‘qqa tutgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Ikki yil o‘tgach, sud hukmni umrbod qamoqdan 30 yilgacha tushirdi. 2023 yil yozida Qirg‘iziston Oliy sudi Bakiyevni «Qumtor» oltin konidagi korrupsiya ishi bo‘yicha yana bir qamoq jazosiga hukm qildi.

Kiritildi: 23:51 27.11.2025. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!