Agar Ukraina qo‘shinlari egallab turgan hududlardan chiqib ketsa, biz harbiy harakatlarni to‘xtatamiz. Aks holda harbiy yo‘l bilan bunga erishamiz, dedi Vladimir Putin
Rossiya prezidenti bu haqda Qirg‘izistonga tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Vladimir Putinning boshqa bayonotlari:
◾️ Qaytarib olinayotgan hududlar soni oshmoqda;
◾️ Rossiya dronlar sohasida inqilob qildi;
◾️ Biz hech kimga tahdid qilmaymiz, ammo Kollektiv xavfsizlik tashkilotiga (KXSHT) nisbatan har qanday harakatlarga qarshi turishga tayyor bo‘lishimiz zarur;
◾️ Armanistonning KXSHT bo‘yicha pozisiyasi bizga ma’lum: ular o‘zlarini bu tuzilmaga a’zo deb bilishadi, ammo hozircha yig‘ilishlarda qatnashmayapti. Bu ularning tanlovi, biz ular bilan aloqadamiz;
◾️ Ukraina bo‘yicha tinchlik shartnomasi loyihasi bo‘lmagan, faqat muhokama qilish uchun savollar to‘plami bo‘lgan;
◾️ Jenevadagi muzokaralardan so‘ng tinchlik rejasining 28 bandi to‘rt bo‘limga ajratilgan;
◾️ Rossiya hech qachon Yevropaga hujum qilishni rejalashtirmagan, bunday ayblovlar kulgili. Agar ular buni qog‘ozda mustahkamlashni xohlasalar, biz rozimiz;
◾️ Kelasi hafta AQSh delegasiyasi Moskvaga kelishi kerak;
◾️ Amerikaliklar bizning pozisiyamizni ham inobatga olishmoqda. Ayrim masalalar bo‘yicha batafsil gaplashib olishimiz shart;
◾️ Rossiya G‘arb bilan Yevropa xavfsizligi va strategik barqarorlik masalalarini muhokama qilishga tayyor;
◾️ Ukraina bo‘yicha reja “diplomatik tilga” o‘girilishi lozim, chunki hozir ayrim bandlar kulgili eshitiladi;
◾️ Rossiya va Ukraina maxsus xizmatlari doim aloqada bo‘lgan, Asirlar almashinuvi masalasida BAA maydoni faol qo‘llanmoqda;
◾️ Abu-Dabidagi muzokaralarda AQSh vakilining paydo bo‘lishi kutilmagan hol bo‘ldi;
◾️ Ukraina bo‘yicha muzokaralarda Rossiya tomonida Medinskiy va Tashqi ishlar vazirligi vakillari qatnashadi;
◾️ G8 yoki G7 haqida aytadigan bo‘lsak, biz o‘zimiz u yerga kirishni so‘ramaganmiz, bizni taklif qilishgan. Biz u yerda oldin ham ishlaganmiz;
◾️ Ukraina Qurolli kuchlari oktyabr oyida 47 ming askarini yo‘qotdi;
◾️ Yevropada muzlatilgan Rossiya aktivlarining musodara qilinishi o‘g‘irlik hisoblanadi. Rossiya hukumati bunga javoban tegishli choralar paketini ishlab chiqmoqda;
◾️ Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov amerikalik hamkorlar bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda;
◾️ AQSh bilan muzokaralarda Qrim va Donbass ustidan Rossiya suverenitetining tan olinishi asosiy masala hisoblanadi;
◾️ Rossiya AQSh bilan muzokaralarda yadroviy sinovlarga tayyorgarlik masalasini ham ko‘taradi;
◾️ Stiv Uitkoff o‘z prezidenti va mamlakati pozisiyasini himoya qilmoqda, lekin u bilan dialog haqoratlarsiz davom etmoqda;
◾️ Biz oxir-oqibat Ukraina bilan kelishishga intilamiz, lekin hozir bu huquqiy jihatdan deyarli imkonsiz. Kelajakda Kiyev bilan kelishuvga erishishimizga umid bor;
◾️ Qonunga ko‘ra Ukraina hududiy masalalar bo‘yicha referendum o‘tkazishi kerak;
◾️ Rossiya ham qurolli mojaro holatida, lekin biz baribir saylov o‘tkazdik. Ukraina esa urush bahonasida saylovlarni kechiktirmoqda;
◾️ Ukrainada vakolatlarni uzaytirish huquqi faqat Oliy Radaga tegishli, prezidentga emas;
◾️ “Kiyev rejimi” bilan birga pul o‘g‘irlash va urushni davom ettirishni istayotganlar AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffni tanqid qilmoqda.