Yamaykada millionlik lotereya yutug‘ini qo‘lga kiritgan erkak, oilasi tanib qolmasligi uchun kamera oldiga niqobda chiqdi.
Uning aytishicha, katta pul topganingni eshitganlar darhol yordam so‘ray boshlaydi, ba’zilari esa hatto bosim o‘tkazishdan ham qaytmaydi. «Men ko‘chadagi yovuzlardan emas, aynan qarindoshlarimdan ko‘proq qo‘rqaman», — dedi u.
Shuning uchun u o‘zining yutug‘idan ortiqcha shov-shuv chiqarmay, xavfsizlik uchun shunday chora ko‘rganini ta’kidladi.