Bu haqda The Atlantic ma’lum qildi.
Nashrning yozishicha, Qo‘shma Shtatlar vise-prezidenti Jey Di Vens korrupsiya mojarosi tufayli Ukraina Uitkoff va Dmitriyev tomonidan tayyorlangan tinchlik rejasidan voz kecha olmaydi, deb hisoblagan.
"Tramp ma’muriyati Ukrainadagi ichki muammolardan foydalanib kelishuv qabul qilinishiga erishmoqchi, biroq Rossiya ham o‘z talablarini kamaytirishni rejalashtirmayapti", deyiladi maqolada.
The Atlantic ma’lumotlariga ko‘ra, Vens Ukrainaga oid kelishuvni har qanday yo‘l bilan amalga oshirishni istaydi va buni 2026 yildagi AQSh Kongressi uchun oraliq saylovlargacha uddalamoqchi.