Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Afg‘onistondan Tojikiston hududiga uyushtirilgan qurolli hujumda xitoyliklar halok bo‘ldi

A A A
Afg‘onistondan Tojikiston hududiga uyushtirilgan qurolli hujumda xitoyliklar halok bo‘ldi

Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hujum o‘qotar qurollar va granatalar bilan jihozlangan dron yordamida amalga oshirilgan.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, joriy yilning 26 noyabriga o‘tar kechasi Afg‘oniston hududidan Xatlon viloyatidagi “Yo‘l” chegara otryadining “Istiqlol” 1-chegara posti hududida joylashgan “Shoxin SM” korxonasi xodimlari bazasiga qurolli hujum uyushtirilgan.

Vazirlik jinoiy guruhlarning bu dahshatli harakatlaridan chuqur xavotir bildirdi va ularni keskin qoraladi hamda Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatini “ikki qo‘shni davlatning davlat chegarasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun samarali choralar ko‘rishga” chaqirdi.

Kiritildi: 20:45 27.11.2025. O'qildi: 3043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!