Hormuz bo‘g‘ozining janubiy qirg‘oqlari yaqinida ikki neft tashuvchi tanker dengiz minalarida portladi.
Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) ma’lum qilgan.
IIQK ma’lumotlariga ko‘ra, belgilangan qoidalarni buzgan holda Hormuz bo‘g‘ozining janubiy yo‘nalishi orqali o‘tishga uringan ikki supertanker dengiz minalariga duch kelgan va oqibatda portlashlar sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hodisadan so‘ng kemalar ekipajlari tankerlarni tark etgan.
Umuman olganda, mazkur tankerlarda 4,5 million barreldan ortiq xom neft tashilayotgan bo‘lgan.