Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida kema yonib ketdi

Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida kema yonib ketdi

Ummon ko‘rfazi sohilida, Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida yoqilg‘i tashuvchi yog‘och kemada yong‘in sodir bo‘ldi.

Bu haqda Eronning Hurmuzgon viloyatidagi Sirik porti matbuot xizmati ma’lum qilgan.

«Bugun ertalab Sirik sohilidan 2 mil (3,22 km) masofada yoqilg‘i tashuvchi kemada yong‘in yuz berdi», — deyiladi xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi jabrlangan.

Agentlik hodisaning boshqa tafsilotlarini keltirmagan.

Kiritildi: Bugun 15:05. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!