Hormuz bo‘g‘ozining Eron sohillariga yaqin hududida bir nechta portlash ovozlari eshitildi.
Fars agentligi xabar berishicha, bu haqda mahalliy manbalar ma’lum qilgan.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, portlash ovozlari Eron janubi-sharqidagi Sirik shahri va Keshm oroli yaqinida dengiz tomondan eshitilgan.
Keshm oroli aholisi osmonda yorug‘lik chaqnashlarini ko‘rgani va kuchli portlash ovozlarini eshitganini bildirgan. Ayrim manbalarning taxminicha, hodisa havo hujumidan mudofaa tizimining ishga tushishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Agentlik ta’kidlashicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashlarning bir qismi Eron tomonidan Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun belgilangan qoidalarni buzgan kemalarga nisbatan o‘t ochilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.