Hisob palatasining 2026 yilning dastlabki 9 oyidagi faoliyati yakunlari bo‘yicha brifing o‘tkazildi. Unda amalga oshirilgan auditlar va aniqlangan moliyaviy qoidabuzarliklar haqida ma’lumot berildi.
Asosiy natijalar:
➖ 84 ta audit tadbiri o‘tkazildi, shundan 46 tasi masofaviy shaklda;
➖ 2 trln so‘mlik moliyaviy xatoliklar aniqlandi;
➖ 4,2 trln so‘mlik xarajatlar maqbullashtirildi;
➖ 23,6 mlrd so‘mlik noqonuniy xarajatlarning oldi olindi;
➖ 250,2 mlrd so‘m byudjetga undirildi;
➖ daromadlar yo‘nalishida 1,6 trln so‘mlik qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lov manbalari aniqlandi, shundan 656,3 mlrd so‘m byudjetga undirildi;
➖ davlat xaridlarida 10,2 trln so‘mlik qonunchilik talablari buzilishi holatlari aniqlandi.
⚖️ Huquqiy baho berish uchun 4,8 trln so‘mlik hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi. 222,3 mlrd so‘mlik hujjatlar bo‘yicha mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Hisob palatasida transformasiya, raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ishlari ham davom etmoqda. Ilk ochiq tanlovga 300 dan ortiq ariza kelib tushgan.
Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Davlat auditi oliy maktabi tashkil etildi.