Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

Hindistondagi “Suvaraklar xalq partiyasi” Instagram'da mamlakatning eng yirik siyosiy kuchlaridan ham mashhur bo‘lib ketdi

Hindistondagi “Suvaraklar xalq partiyasi” Instagram'da mamlakatning eng yirik siyosiy kuchlaridan ham mashhur bo‘lib ketdi

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, “Suvaraklar xalq partiyasi” (“Cockroach Janta Party” ) mamlakat Oliy sudi raisi Surya Kant ishsiz yoshlarni “internetda o‘tirib, duch kelganga hujum qiladigan suvaraklar” deb ataganidan keyin paydo bo‘ldi.

Satirik xarakterga ega bo‘lishiga qaramay, partiyaning mamlakatdagi aniq o‘zgarishlarga bo‘lgan talabni aks ettiruvchi o‘z manifesti bor.

Hozirda “Suvaraklar xalq partiyasi”ning Instagram'dagi sahifasida 18 million obunachisi bor, bu hukmron BJP partiyasi (8,9 million) va muxolifatdagi Hindiston milliy kongressi partiyasi (13,4 million) obunachilaridan ko‘proq hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 09:37. O'qildi: 217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!