"Tayvan mustaqilligi iborasi orol Xitoyga tegishli emasligini va unga bo‘ysunmasligini hamda faqat Tayvan xalqi o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi mumkinligini anglatadi", — deb bayonot berdi yakshanba kuni Tayvan prezidenti Lay Szin-te.
Uning ta’kidlashicha, hukumat Tayvan suverenitetini buzish va uning hududini anneksiya qilish mumkin emas, degan pozisiyaga qat’iy amal qiladi.
Layning ushbu bayonoti AQSh prezidenti Donald Tramp va Si Jinpin o‘rtasida Pekinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan bir necha kun o‘tib yangradi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng Tramp, Xitoy o‘z hududi deb hisoblaydigan va unga nisbatan kuch ishlatish ehtimolini istisno etmayotgan orol masalasida "hech bir tomonga hech qanday va’da bermaganini" ma’lum qilgan edi.
Muzokaralardan so‘ng Tramp, shuningdek, yaqin vaqt ichida Tayvanga qiymati 11 milliard dollarlik navbatdagi qurol-yarog‘ partiyasini sotishni ma’qullash yoki ma’qullamaslik bo‘yicha bir qarorga kelishini aytgan.