Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida joylashgan o‘quv markazida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi.
Shtat bosh vaziri o‘rinbosari Brajesh Patxak ma’lum qilishicha, yong‘in chiqqan paytda binoda 16–17 yoshli o‘quvchilar bo‘lgan.
Hodisa yuzasidan tergov boshlangan bo‘lib, yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. Qutqaruv xizmatlari voqea joyida ish olib bormoqda.